Tashqi qarz
2021-yilda davlat tashqi qarzi hisobiga amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari doirasida o‘zlashtirilgan mablag‘lar to‘g‘risida
  • 05.01.2022
  • 353

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan 2021-yilda davlat tashqi qarzi hisobiga amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari doirasida o‘zlashtirilgan mablag‘lar to‘g‘risida ma'lumotnoma.

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-dekabrdagi PQ-4937-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2021-2023-yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2021-yil davomida “O‘zbekiston MET” AJ tomonidan Davlat kafolati ostidagi tashqi qarzi mablag‘lari ishtirokida umumiy loyiha qiymati 601,7 mln. doll. bo‘lgan 5 ta yirik investitsiya loyiha amalga oshirildi. Shundan Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasining 2021-yil 20-dekabrdagi yig‘ilishi 73-son bayoni 2-ilovasiga asosan 2021-yilda Davlat kafolati ostidagi tashqi qarzi mablag‘laridan 52,95 mln. doll. o‘zlashtirish belgilangan.

  2021-yil yanvar-dekabr oylari davomida Davlat kafolati ostidagi tashqi qarzi mablag‘lari hisobidan 53,02 mln. doll. o‘zlashtirildi (rejaga nisbatan 100,13%).

 

  Investitsiyalarni jalb qilish va investitsion loyihalarni amalga oshirish boshqarmasi


«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>