E’lonlar
O‘zbekistonda 3 ta quyosh fotoelektr stansiyasini qurish bo‘yicha malakali ishtirokchilar ro‘yxati e'lon qilindi
  • 04.04.2022
  • 251

O‘zbekiston, Toshkent, 2022-yil 30-mart – 2021-yil 30-avgustda e'lon qilingan quyosh fotoelektr stansiyasi (QFES) “Uzbek Solar 3” loyihasi (Xalqaro moliya korporatsiyasi hamkorligida Buxoro, Namangan va Xorazm viloyatlarida jami quvvati 500 MVt bo‘lgan 3 ta maydon) bo‘yicha “Muvofiqlik so‘rovi (RFQ)” ga javob sifatida, 2021-yil 29-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:00 gacha 15 ta ariza kelib tushdi.

Tanlov komissiyasi tarkibiga kiruvchi Energetika vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ, Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi va Moliya vazirligi barcha kelib tushgan arizalarni ko‘rib chiqdi va o‘z takliflarini taqdim etish uchun “Takliflar so‘rovi” (RFP) tanlovining navbatdagi bosqichiga taklif qilinadigan dastlabki saralashdan o‘tgan ishtirokchilarning quyidagi ro‘yxatini (alifbo tartibida) aniqladi:

1. Abu Dhabi Future Energy Company PJSC – Masdar (BAA) – Yirik QFES

2. Alarko Holding AS (Turkiya) – O‘rta QFES

3. Elsewedy Electric S.A.E. (Misr) – O‘rta QFES

4. GD Power – Powerchina Consortium (XXR) – Yirik QFES

5. International Company for Water and Power Projects - ACWA Power (Saudiya Arabistoni) – Yirik QFES

6. Jinko Power Technology Co. Ltd. (XXR) – Yirik QFES

7. Nebras Power QPSC (Qatar) – Yirik QFES

8. ReNew Power Private Limited - Ajlan & Bros Energy Company Konsorsium kompaniya (Hindiston va Saudiya arabistoni) – Yirik QFES

9. Solarpack Corporacion Tecnologica S.A. (Ispaniya) – Yirik QFES

10. TBEA Xinjiang SunOasis Co. (XXR) – Yirik QFES

11. Voltalia SA (Fransiya) – Kichik QFES

Oldindan saralash uchun so‘rov (RFQ) qoidalariga muvofiq, ishtirokchilar Yirik QFES, O‘rta QFES va Kichik QFES uchun o‘z takliflarini taqdim etishlari mumkin.

O‘rta QFES uchun saralashdan o‘tgan deb e'lon qilingan ishtirokchilar o‘z takliflarini faqat O‘rta QFES va Kichik QFES uchun taqdim etishlari mumkin.

Kichik QFES uchun malakali deb e'lon qilingan ishtirokchilar o‘z takliflarini faqat Kichik QFES uchun taqdim etish huquqiga ega bo‘ladilar.

O‘zbekiston Respublikasi
Energetika vazirligi Matbuot xizmati

Manba: https://minenergy.uz/uz/news/view/1892

 «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

>