E’lonlar
Yuqori malakali moliyaviy menejer lavozimiga tanlov e'lon qilinadi
  • 29.04.2022
  • 294

O‘zbekiston Respublikasi hukumati va “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ (transportirovka operatori) yuqori malakali mutaxassislarni ishga qabul qilish uchun tanlovi nomzodlar o‘zi haqidagi ma'lumotlar (rezyumelar)ni taqdim etishi so‘raladi.

“O‘zbekenergo” AJ 3 ta alohida AJlarga bo‘linganligidan so‘ng integratsiyalangan elektr energetika kompaniyasining (generatsiya, uzatish va tarqatish) bo‘linishi natijasida O‘zbekiston hukumati “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ rahbariyatini qo‘llab-quvatlash maqsadida (elektr energiyasini uzatish bo‘yicha) xalqaro ekspertlikka nomzod izlamoqda. Tavsiya etilayotgan ekpert konsultant moliyaviy menedjer lavozimiga tayinlanlanishi ko‘zda tutilgan..

Nomzod biznesni tashkil etishni o‘z ichiga olgan holda transportirovkaning samarali tashkil etilishi va ishga tushirishga yordam berishi, barcha iqtisodiy va moliyaviy faoliyatni rejalashtirish, amalga oshirish, boshqarish va nazorat qilishlariga javobgar bo‘ladi.

Tavsiya etilayotgan lavozim uchun minimal texnik talablarni belgilovchi ma'lumot doirasida taqdim etiladigan texnik topshiriqlar batafsil bayon qilinadi.

2. Keltirilgan lavozimga faqat yuqori malakali mutaxassislar munosib ko‘riladi. Shaxsiy konsultantlarni tanlab olish, tartib-qoidalarida “Davlat xaridlari yo‘riqnomalari”ni bilishi belgilangan.

3. Sizning taqdim etayotgan ma'lumotingizda (rezyumeda) tanlangan lavozimlar va siz to‘g‘ringizda rus tilida batafsil ma'lumot bo‘lishi lozim.

4. Tavsiya yetilgan vazifani bajarish uchun zarur bo‘lgan malaka va tajriba:

Malaka va ko‘nikmalar:        

• Energetika sohasini bilishi hamda iqtisodiyot va moliya yoki biznes boshqaruvi bo‘yicha oliy ma'lumot ega bo‘lishi;

• 10 yillik ish tajribasi, shu jumladan korporativ moliya va iqtisodiyot sohasida rahbarlik lavozimlarida kamida 5 yillik ish staji;

• Ingliz, rus va o‘zbek tillarida bemalol gaplasha olishi.

 Umumiy professional tajriba:

• Boshqarish qobiliyati, jamoaviy muvofiqlashtirish va muloqot qobiliyatlari;

• O‘zaro tushunish va xodimlar bilan yaxshi mehnat munosabatlarini o‘rnatish qobiliyati.

Maxsus professional tajriba:

• O‘zbekiston moliya va energetika sohasini bilishi lozimligi;

• Elektr energiyasi tizimini, shu jumladan dispetcherlik va elektr energiyasini uzatish to‘g‘risida ma'lumotga egaligi;

• Tegishli vositalar va tizimlarni sotib olish, amalga oshirish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq bir qator yo‘nalishlarda ish tajribasiga ega bo‘lishi, (yeRP-korxona resurslarini rejalashtirish tizimi va boshqalar).

5. Hujjatlar elektron tarzda qabul qilinadi: hujjatlar quyidagi elektron pochta manziliga yuborilishi kerak info@uzbekistonmet.uz

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari "AJ suhbat komissiyasi

100084, O‘zbekiston, Toshkent, Osiyo ko‘chasi, 42-uy.

7. Axborot va tushuntirishlar berish bo‘yicha qo‘shimcha so‘rovlar yuqorida ko‘rsatilgan 7-bandga ko‘ra muddati kamida 3 kun oldin amalga oshirilishi lozim:

"O'zbekiston milliy elektr tarmog'i"AJ

Aloqa uchun shaxs: janob Mannapov Yodgor

Telefon: +998712366915

Faks: +998712085660

E-mail: info@uzbekistonmet.uz

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
 t.me/uzmetaxborotxizmat

>