Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi
Aksiyadorlik jamiyatining yangi tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi
  • 27.10.2022
  • 466

Ma'lumki, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining barcha ovoz beruvchi aksiyalari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga tegishli bo‘lib, u «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining Yagona aksiyadori hisoblanadi. “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining yangi tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarori O‘zbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 58-moddasiga asosan Yagona aksiyador tomonidan qabul qilindi.

Mazkur qaror orqali Yagona aksiyador tomonidan “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining kun tartibidagi bo‘lgan tashkiliy masalalarga yechim topildi.

Misol uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-apreldagi PF–101-son “Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy o‘sish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar to‘g‘risida”gi Farmonining:

15-bandida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari boshqaruv organlarining faoliyati samaradorligini, mas'uliyati va javobgarligini oshirish maqsadida 2022-yil 1-maydan boshlab Kuzatuv kengashi a'zolaridan iborat strategiya va investitsiyalar qo‘mitasi, Audit qo‘mitasi, Tayinlovlar va haq to‘lash qo‘mitasi, Korrupsiyaga qarshi kurashish va etika qo‘mitasi tashkil etilishi;

17-bandida tasdiqlangan 6-ilovada aksiyadorlik jamiyatlarida jamiyat ijro organi rahbarining transformatsiya masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimi joriy etilishi va unga bo‘ysunadigan loyiha ofisi tashkil etilishi, ularning xarajatlar smetasi Kuzatuv kengashi tomonidan alohida tasdiqlanishi hamda Aksiyadorlik jamiyati ijro organi rahbarining transformatsiya masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosariga ijro organining barcha rahbar o‘rinbosarlari va tarkibiy bo‘linmalar transformatsiyaga tegishli masalalar bo‘yicha hisobdor bo‘lishi belgilab o‘tilgan.

Yuqoridagi Prezident Farmonini ijrosini ta'minlash maqsadida Aksiyadorlik jamiyatlarida ijro organi rahbarining transformatsiya masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimi joriy etilishi va unga bo‘ysunadigan loyiha ofisi tashkil etilishi topshirig‘ini belgilangan muddatlarda ta'minlash maqsadida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining yangi tashkiliy tuzilmasining tasdiqlash lozim edi.

Jamiyatning yangi tashkiliy tuzilmasida quyidagi o‘zgartirishlar kiritilishi ko‘zda tutilgan:

► Boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari lavozimi Boshqaruv raisining ekspluatatsiya masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga o‘zgartirilishi;

► Boshqaruv raisining transformatsiya masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimi Boshqaruv raisining strategik rivojlantirish, transformatsiya, sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish, raqamlashtirish va axborot texnologiyalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga o‘zgartirilishi;

► Boshqaruv raisining kapital qurilish, mahalliylashtirish, sanoatda kooperatsiya aloqalarni kengaytirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimi qisqartirilib, uning vazifalari Boshqaruv raisining investitsiyalar va kapital qurilish bo‘yicha o‘rinbosari vakolatiga o‘tkazilishi;

► Boshqaruv raisining iqtisodiyot va moliya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi Boshqaruv raisining moliyaviy-iqtisodiy va tijoriy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga o‘zgartirilishi rejalashtirilgan edi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining Yagona aksiyadori tomonidan 2022-yil 21-sentabrdagi 27-son qaror qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra,

1. “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining yangi tashkiliy tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlandi.

2. Ushbu qaror ijrosini ta'minlash «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov zimmasiga yuklatildi.

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati Yagona aksiyadorining 2022-yil 21-sentabrdagi 27-son qarori ijrosini ta'minlash uchun “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi tomonidan 2022-yil 27-oktabr kuni 245-sonli buyruq imzolandi va 7 banddan iborat topshiriqlar ijroga yo‘naltirildi.

 

Ma'lumotnoma matni Korporativ munosabatlar va aktivlar bo‘limi tomonidan taqdim etildi.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>