Xotin-qizlar
Hamkasbimiz Oftob Abdullayevna "Mo‘'tabar ayol" ko‘krak nishoni sohibasi bo‘ldi
  • 07.03.2023
  • 265

Jamiyat va Davlat xayotida faollik tashabbuskorlik ko‘rsatgan o‘zining samarali mehnati bilan oilaning shakllanishiga va farovonligi mustahkamlanishiga onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qo‘shgan, shuningdek, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularni vatanparvarlik va istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, joylarda ma'naviy - ahloqiy muhitni sog‘lomlashtirish va milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib etish borasida ibratli faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarni "Mo‘'tabar ayol" ko‘krak nishoni bilan taqdirlab borish belgilangan.

Mazkur ko‘krak nishonini har yili 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami arafasida topshirish nazarda tutilgan.

Bunday ko‘krak nishonini bizning korxonamiz a'zosi ko‘p yillik mehnat stajiga ega Oftob Abdullayevna Xolmuradovaga ham topshirildi. Bu mukofot bilan Oftob Abdullayevna Xolmuradovani tabriklaymiz. Ularga  sog‘lik-salomatlik, uzoq umr tilab qolamiz.


Feruza Xadjimuratova

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ Xotin-qizlar kengashi raisi

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>