E’lonlar
EʼLON: “Issiqlik elektr stansiyalari” AJlari va “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi jamiyat hamda filiallar diqqatiga!
  • 17.05.2023
  • 158

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasining 2023-yil 15-maydagi 15-sonli yig‘ilish bayoni va amaldagi qonunchilikga asosan 2023-yil 1-iyundan elektr energetika tarmog‘i korxonalari uchun, yaʼni “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tasarrufidagi jamiyat va filiallar tomonidan “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga sotish tariflari (o‘zgarishsiz) va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tasarrufidagi jamiyat va filiallar uchun elektr energiyasini “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJdan xarid qilish, hamda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ uchun elektr energiyasini transportirovka qilish (uzatish) xizmati tariflari bo‘yicha yangi ichki soha tarmoq tariflari amal qilishini  maʼlum qiladi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur ichki tarmoq tariflari elektr energetika korxonalari uchun o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun belgilangan bo‘lib, elektr energiyasining yakuniy isteʼmolchilariga (abonentlarga) tatbiq etilmaydi va elektr energiyasining isteʼmol tarifga taʼsir ko‘rsatmaydi.

 

Elektr energiyasini xarid qilish va sotish bosh boshqarmasi

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>