⚡️ Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston MET» AJ tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallari tomonidan nazorat ko‘riklarini o‘tkazish davom ettirilmoqda.
E’tiboringizga havola etilayotgan suratlarda «Namangan magistral elektr tarmoqlari» filiali mutaxassislarining «Qamchiq» dovonidan o‘tuvchi 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmoqlarida nazorat ko‘rigida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish ishlari aks etgan.
Jumladan, mutaxassislar metall konstruksiyali ustunlarni mustahkamlash ishlarini davom ettirishmoqda. Shikastlangan tarmoq elementlari almashtirilmoqda.
⚡️ Shuningdek, liniyalarning kontakt birikmalari teplovizor ko‘rigidan o‘tkazilib, chaqmoqqaytargich troslar hamda kontur yerlagichlar holati tekshirilmoqda.
Facebook ♦ Instagram ♦ YouTube
https://t.me/minenergy_uz/15196
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati