2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
ONLINE: Ayni paytda Xalqaro qayta tiklanuvchi energiya manbalari agentligi mutaxassislari ishtirokida muhokamalar uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda
  • 07.04.2025
  • 72

Bugun, 2025-yil 7-aprel kuni «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov boshchiligidagi Ishchi guruh a’zolari IRENA — Xalqaro qayta tiklanuvchi energiya manbalari agentligi xodimlaridan iborat delegatsiyani qabul qildi. Ayni paytda tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlik masalalari hamda mamlakatimiada olib borilayotga «yashil iqtisodiyot» dasturiga oid masalalarni muhokama etishmoqda.

IRENA agentligi hozirgi kunda Markaziy Osiyoda qayta tiklanuvchi energiya manbalari bo‘yicha tezlashtirilgan hamkorlik dasturini tashkil etgani sababli uchrashuvning muhokamalar markazida quyidagi masalalar bosh mavzu sifatida tahlil etilmoqda:

1️⃣ Markaziy Osiyoda qayta tiklanuvchi energiya manbalarining rivojlanishi hamda ushbu yo‘nalish bo‘yicha O‘zbekistondagi loyihalarda Xalqaro qayta tiklanuvchi energiya manbalari agentligi bilan o‘zaro hamkorlik qilish masalalari;

2️⃣ O‘zbekiston energetika tizimida amalga oshirilayotgan elektr tarmoqlarini rivojlantirish loyihalari;

3️⃣ Qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda ularga bog‘liq bo‘lgan tashqi infratuzilma obyektlari qurilishini moliyalashtirish masalalari.

Uchrashuvda mavzuga oid taqdimotlar namoyish etilmoqda.

FacebookInstagram  ♦ YouTube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati