2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
9-aprel — Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun!
  • 09.04.2025
  • 83

Amir Temur — o‘zligimizni anglash, milliy anʼana va qadriyatlarimizni tiklash borasidagi ulug‘vor ishlarda xalqimizga maʼnaviy kuch bag‘ishlab kelayotgan ulug‘ siymolardan biridir.

Uning hayoti va faoliyati — jasorat, aql-zakovat va yurtga sadoqatning yorqin  namunasidir.

Amir Temur ibn amir Tarag‘ay 1336-yil 9-aprelda Kesh (Shahrisabz)ning Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida dunyoga kelgan. Uning otasi amir Muhammad Tarag‘ay barlos ulusiga mansub beklardan, bahodir jangchi, ulamoyu fuzaloga ixlosmand, ilm ahliga homiy va ishtiyoqmand kishi bo‘lgan.

“Temurning davri Turkiylar tarixining ham harbiy, ham boshqaruv, ham istihbarat xizmatlar boʻyicha eng choʻqqisidir”

Manba:Turklarning oltin asri” kitobi 82-sahifa.
Muallif: Ilber Ortayli, akademik va yozuvchi.

“Sohibqiron Temurning yerlariga Hindiston, Rum, Gruziya, Iroq, Xuroson… Yana shunday yuzlab shaharlar kiradi. Ammo yozsam, sig’dirolmayman.”

✍️ Sultoniyalik Ioann

“Biz bilan kurashishga chog‘langan hukmdorlarning oqibatini eshitgandirsan. Beklik haqida bo‘lar-bo‘lmas gaplarni gapirma. Aql yo‘lini tanla! Aql yo‘lini tanla! Aql yo‘lini tanla, shunda isming mag‘lub hukmdorlarning orasida qayd etilmasin.”

Sohibqiron Amir Temurning Yildirim Bayazidga maktubi

Atrofinfda har doim sharafli, nomusli va jasur yigitlarni toʻpla. Shubhasizki, yaratgan yigitlarni asraydi!

✍️ Sohibqiron Amir Temur
 

FacebookInstagram  ♦ YouTube 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati