Vadim Gennadyevich Malyuga 1946-yilda O‘zbekistonda tug‘ilgan, 1969-yilda Toshkent politexnika institutini muhandis-elektrik mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 1963-yilda Markaziy elektrotexnika laboratoriyasida chilangar shogirdi sifatida mehnat faoliyatini boshlagan mutaxassis oliy taʼlimdan so‘ng Toshkent politexnika instituti Iqtisodiyot va energetikani tashkil etilishi kafedrasida (1969–1979-yillar) assistent, so‘ng katta o‘qituvchi bo‘lib ishlaydi.
V.G.Malyuga 1979–1989-yillarda “Sredazelektrosetstroy” trestining 71-son mexanika kolonnasi bosh muhandisi o‘rinbosari; 1991–2001-yillarda ushbu trestining bosh muhandisi, 71-mexanik kolonnaning boshlig‘i; 2001–2020-yillarda “Sredazenergosetproekt” aksiyadorlik jamiyati bosh muhandisi bo‘lib ishlagan.
Vadim Gennadyevich 2020-yildan “Sredazenergosetproekt” aksiyadorlik jamiyati bosh muhandis xizmati maslahatchisi sifatida mehnat faoliyatini davom ettirib kelayotgan edi. Faoliyati davomida u o‘zini yuqori malakali mutaxassis, prinsipial va bilimdon rahbar xodim sifatida namoyon etib, malakasini muntazam oshirib borardi.
O‘zbekiston energetika sohasining faxriy xodimi Vadim Gennadyevich Malyuga vafot etgani munosabati bilan «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati jamoasi Vadim Gennadyevichning oila aʼzolari hamda yaqinlariga chuqur taʼziya izhor etadi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati