Avval xabar berganimizdek, bugun, 2025-yilning 11-aprel kuni «O‘zbekiston MET» AJ Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasining 2020-yil martdan 2025-yil aprelgacha bo‘lgan faoliyati bo‘yicha hisobotiga bag‘ishlangan Hisobot-saylov konferensiyasi o‘tkazilmoqda.
⚡️ Konferensiyada magistral elektr tarmoqlari filiallari hamda Markaziy apparatning bo‘lim va xizmatlardan saylangan delegatlar, O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari Respublika Kengashidan vakillar, shu bilan birga, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etmoqda.
Dastlab «O‘zbekiston MET» AJ Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi N.Xidirovaning 5 yillik faoliyatiga doir hisoboti o‘qib eshittirildi va hisobotga oid videolavha namoyish etildi.
Ayni paytda konferensiya ishi kun tartibiga qo‘yilgan masalalarga muvofiq tarzda davom etmoqda.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati