Bugun, 13-aprel kuni “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida VII Toshkent xalqaro marafonining navbatdagi tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda Energetika vazirligi, vazirlik tizim tashkilotlari, shu jumladan «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati xodimlari ham faol ishtirok etishdi.
Eslatib o’tamiz, “Toshkent Marafoni” xalqaro sport tadbiri boʻlib, Jahon yengil atletika yorligʻi maqomiga ega va Butunjahon yengil atletika (Xalqaro yengil atletika federatsiyalari assotsiatsiyasi) musobaqalari taqvimiga kiritilgan.
Tadbirning asosiy starti bugun: ishtirokchilar klassik marafon (42 km), yarim marafon (21 km) va 10 km masofaga yugurish musobaqalarida o‘z kuchlarini sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Marafon musobaqasi “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tutash yo‘llar bo‘ylab tashkil etildi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati