«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallarida avariyaviy holatlarni tezkor bartaraf etish maqsadida tun-u kun faoliyat yuritadigan navbatchi guruhlar brigadasi tashkil etilgan bo‘lib, ular tomonidan yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari hamda podstansiyalarda navbatdan tashqari nazorat ko‘riklari o‘tkazilmoqda.
Eʼtiboringizga havola etilayotgan suratlarda «Namangan magistral elektr tarmoqlari» filiali Tarmoqlar xizmati ishchi-xodimlari «O‘zbekiston MET» AJning 2025-yil 10-yanvardagi 01-18-09/6-sonli topshiriqnomasining 5-bandida ko‘rsatilgan elektr uzatish tarmoqlarida eskirgan (farfor) izolyatorlarni almashtirib, 220 kV kuchlanishli L-40-K-2 liniyasida joriy taʼmirlash ishlarini bajarishmoqda.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati