“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ vakillari Osiyo taraqqiyot banki vakillari tomonidan o‘tkazilgan missiya doirasida joriy yilning 11-aprel sanasiga rejalashtirilgan yakuniy uchrashuvda ishtirok etdilar.
Mazkur uchrashuv davomida quyidagi masalalar muhokama qilindi:
• amaldagi loyihalar portfeli samaradorligi yuzasidan missiya xulosalari;
• 2026–2028-yillarga mo‘ljallangan qarz olish ko‘rsatkichlari;
• yuqoridagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirish muddati ko‘rsatilgan harakatlar rejasi.
Alohida e’tibor 4326-UZB-sonli qarz doirasidagi “Dekarbonizatsiya yo‘lida raqamlashtirish — Elektr uzatish tarmog‘ini takomillashtirish” loyihasini amalga oshirish masalasiga qaratildi.
Tadbir yakunlariga ko‘ra, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ rahbariyati Osiyo taraqqiyot banki hamda O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi ijrochi direktori janob Shuhrat Vafoyev nomidan Faxriy yorliq bilan taqdirlandi. Taqdirlash yuqorida ko‘rsatilgan tashqi qarz doirasidagi loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish munosabati bilan o‘tkazildi.
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati