2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
JIZZAX VILOYATI: Magistral elektr tarmoqlarida joriy tamirlash ishlari bajarilmoqda
  • 16.04.2025
  • 78

⚡️ Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston MET» AJ tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallarida avariyaviy holatlarni tezkor bartaraf etish brigadalari tashkil etilgan bo‘lib, ular tomonidan yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari hamda podstansiyalarda belgilangan reja asosida nazorat ko‘riklari o‘tkazilmoqda.

Nazorat ko‘rigida aniqlangan kamchiliklar maxsus texnika va mexanizmlar bilan qurollangan taʼmirlash-sozlash guruhlari tomonidan bartaraf etilmoqda.

Eʼtiboringizga havola etilayotgan suratlarda «Jizzax magistral elektr tarmoqlari» filiali mutaxassislari 500 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘idagi nuqsonli izolyatorlarni almashtishish va qushlar qo‘nishiga qarshi moslamalar sozligini tekshirish ishlari aks etgan.

Shuningdek, chaqmoqqaytargich troslar hamda kontur yerlagichlar holati tekshirilmodda.

FacebookInstagramYouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati