“Jizzax magistral elektr tarmoqlari” filialida joriy yilning 15-mart sanasidan 15-aprel sanasigacha o‘tkazilgan “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi” yakunlariga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi vakili Ikmatov Sohib Abdullayevich hamda boshqa tuzilmalardan mutaxassislar ishtirok etishdi.
Bir oy davom etgan tadbirlar yakunlariga bag‘ishlangan o‘quv seminarida magistral elektr tarmoqlari filiali ishchi-xodimlariga yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish, yong‘in xavfsizligini ta’minlash, ovqatdan ommaviy zaxarlanish va o‘ta xavfli kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha keng qamrovli tushunchalar berildi.
O‘quv seminari davomida tinglovchilarga foto-video materiallar namoyish qilinib, zilzila sodir bo‘lganda navbatchi xodimlar xatti-harakati, sanoat xavfsizligini ta’minlash choralari, favqulodda vaziyatlar, ichiki ishlar, yong‘in xavfsizligi, sog‘liqni saqlash, sanitariya-epidemologiya va boshqa maxsus tuzilma hamda bo‘linmalar bilan texnogen ofatlar oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha bilim-ko‘nikmalarni mustahkamlashga doir tavsiyalar berildi.
Tadbir ishtirokchilari — tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob olib, mavzuga oid tarqatma materiallardagi qo‘shimcha tavsiyalar bilan tanishishdi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati