⚡️ Avval xabar berganimizdek, magistral elektr tarmoqlari filiallarida elektr uzatish tarmoqlari nazorat ko‘rigidan o‘tkazilmoqda. Aniqlangan kamchiliklar maxsus texnika va mexanizmlar bilan qurollangan taʼmirlash-sozlash guruhlari tomonidan bartaraf etiladi.
E’tiboringizga havola etilayotgan suratlarda «Toshkent magistral elektr tarmoqlari» filiali mutaxassislarining viloyat hududidan o‘tuvchi 500 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarida olib borgan joriy ta’mirlash ishlari aks etgan.
Mutaxassislar kamchiliklarni bartaraf etib, tarmoqqa qo‘shimcha shunt va tebranishni so‘ndirgichlar o‘rnatishdi. Shuningdek, metall konstruksiyali tayanch ustunlarni mustahkamlash, shikastlangan tarmoq elementlari almashtirish, liniyalarning kontakt birikmalaridagi qizishlarni aniqlash va bartaraf etish, chaqmoqqaytargich troslar hamda kontur yerlagichlar holati tekshirish kabi ishlarni bajarishdi.
‖ Facebook ‖ Инстаграм ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati