«Yoshlar» radiokanalining «Yoshlar bilan muloqot» dasturida Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va behuda sarflanishining oldini olish hamda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni takomillashtirish to‘g‘risida Prezident qarori hamda Energiya samaradorligini oshirish sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish va energiya servis kompaniyalari xizmatlari bozorini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida Prezident farmoniga doir masalalar muhokama etildi.
Shuningdek, energiya ta’minoti sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar xususida axborot taqdim etilib, jonli efirda radiotinglovchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi. Iste’molchilarga Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1050-sonli qaroriga muvofiq elektr uzatish tarmoqlarining muhofaza zonalari taalluqli tavsiyalar berildi.
⚡️ Radiomuloqotda «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ matbuot kotibi Faxriddin Nuraliyev va «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ Axborot xizmati rahbari U.Urunovlar ishtirok etishdi.
Dasturda “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va behuda sarflanishining oldini olish tizimini takomillashtirish, iqtisodiyot tarmoqlarida, davlat idoralarida va ijtimoiy soha obyektlarida hamda aholi xonadonlarida energiya tejamkorligi va samaradorligini yanada oshirish, energiya samaradorligini oshirish sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, bozor tamoyillariga asoslangan yaxlit va muvofiqlashtirilgan ekotizimni yaratish, shu jumladan, energiya iste’moli sohasida audit, konsalting va menejment hamda energiyani tejashdan daromad oluvchi energiya servis kompaniyalari xizmatlari bozorini rivojlantirish va “yashil” moliyaviy dastaklarni kengaytirish masalalari yuzasidan jamoatchilikka tushuntirish ishlari olib borildi.
Radioboshlovchi jurnalist Feruza Bahromova.
✅ Marhamat, jonli muloqotdan yozib olingan mediamahsulot bilan tanishing!
‖ Facebook ‖ Инстаграм ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati