2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
FM.103.1 to‘lqinlarida Yoqilg‘i-energiya resurslaridan samarali foydalanish hamda energiya tejamkorligiga doir masalalar muhokama etildi
  • 23.04.2025
  • 37

FM.103.1 to‘lqinlari — «O‘zbekiston» radiokanalining «Shu kunning mavzusi» dasturida Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va behuda sarflanishining oldini olish hamda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni takomillashtirish to‘g‘risida Prezident qaroriga doir masalalar muhokama etildi.

Shuningdek, energiya ta’minoti sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar xususida axborot taqdim etilib, jonli efirda energiya samaradorligi va tejamkorligiga oid dastlabki tushunchalar haqida  ma’lumot taqdim etildi.

⚡️ Radiomuloqotda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi — matbuot kotibi U.P.Urunov ishtirok etdi.

Dasturda “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va behuda sarflanishining oldini olish tizimini takomillashtirish, iqtisodiyot tarmoqlarida, davlat idoralarida va ijtimoiy soha obyektlarida hamda aholi xonadonlarida energiya tejamkorligi va samaradorligini yanada oshirish, energiya samaradorligini oshirish sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, bozor tamoyillariga asoslangan yaxlit va muvofiqlashtirilgan ekotizimni yaratish, shu jumladan, energiya iste’moli sohasida audit, konsalting va menejment hamda energiyani tejashdan daromad oluvchi energiya servis kompaniyalari xizmatlari bozorini rivojlantirish va “yashil” moliyaviy dastaklarni kengaytirish masalalari yuzasidan jamoatchilikka tushuntirish ishlari olib borildi.

Dasturni jurnalist Mavjudaxon Oppoqxo‘jayeva tayyorladi.

Radioboshlovchi Naffal Sodiqjon o‘g‘li.

✅ Marhamat, jonli muloqotdan yozib olingan mediamahsulot bilan tanishing!

FacebookInstagramYouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati