2025-yil 21-aprel sanasida imzolangan “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yana-da takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-71-son Prezident Farmoni va 2025-yil 21-aprel sanasida tasdiqlangan “Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari mustaqilligini taʼminlash hamda faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-147-son Prezident qarori qabul qilindi.
Ushbu munosabat bilan joriy yilning 22-aprel kuni soat 15:00 da Energetika vazirligi tomonidan Zoom platformasida (onlayn muloqot) “Yurtimizda korrupsiyadan holi muhit yaratishni davom ettirish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar” mavzusi bo‘yicha iqtisodiy o‘qish tashkil etilib, Agentlikning Korrupsiyani oldini olish va “komplayens-nazorat” tizimini joriy etish boshqarmasi bosh inspektori O.Abdug‘aniyev tashkilotlar mas’ul xodimlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob berdi.
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining Muvofiqlik tizimi (komplayens) xizmati bosh mutaxassisi A. Raxmonov ham ushbu iqtisodiy o‘qishda ishtirok etdi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati