Olmazor hamda Yunusobod tumanlaridagi iste’molchilarni barqaror va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida elektr uzatish tarmoqlarini bosqichma-bosqich yangilash ishlari davom etmoqda. Hozirda 110 kV kuchlanishga ega L-DOK-1 va L-DOK-2 yuqori kuchlanishli elektr uzatish havo tarmoqlari belgilangan rejaga asosan mukammal ta’mirlanmoqda.
Mutaxassislar tomonidan uzatmaning maʼnan va jismonan eskirgan 110 kVli havo tarmoqlari zamonaviy elektr uzatish kabel tarmoqlariga almashtirilmoqda.
Mazkur ishlar doirasida tarmoqdagi xavfsizlik va ishonchlilik darajasini oshirish, elektr energiyasining yo‘qotilishini kamaytirish hamda xizmat muddatini uzaytirish ko‘zda tutilgan. Yangi o‘rnatilayotgan simlar zamonaviy talablarga javob beruvchi, bardoshli va yuqori o‘tkazuvchanlikka ega materiallardan tayyorlangan.
Loyihani amalga oshirish jarayonida iste’molchilarga noqulaylik tug‘dirmaslik uchun barcha ishlar bosqichma-bosqich va belgilangan reja asosida bajarilmoqda.
Ushbu chora-tadbirlar elektr tarmoqlarining barqaror ishlashini ta’minlash bilan birga, kelajakda ortib borayotgan energiya ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi.
Manba: https://t.me/toshetk/44100
https://t.me/sputnikuzbek/49904
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati