2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Bo'sh ish o'rinlari
Diqqat, e’lon! "Toshkent magistral elektr tarmoqlari" filiali suhbat orqali ishga taklif etadi!
  • 23.04.2025
  • 69

⚡️BO‘SH ISH O‘RINLARI:

▶️ “Toshkent magistral elektr tarmoqlari" filialining Elektr energiyasi oqimlarini hisoblash bolimiga muhandis, jami 8 nafar.

Nomzodlarning doimiy yashash manzili yuqorida ko‘rsatilgan ish joyi manzillariga yaqin bo‘lish maqsadga muvofiq. Suhbat o‘tkazish kuni va manzili haqida rasmiy veb-sayt sahifalarida e’lon beriladi.

✔️ Ish haqi miqdori shtat birligiga asosan (qo‘shimcha ustamalar va mukofot pullari ham nazarda tutilgan).

❗️Elektr energiya oqimlarini hisoblash guruhiga muhandis lavozimiga talablar: Oliy texnik ma’lumotli, energetika sohasida kamida 1 yillik ish stajiga ega bo‘lishi, elektr tarmoqlari va podstansiyalari orqali oqib o‘tgan elektr energiyasining texnologik sarflari hamda bino-inshootlar uchun xo‘jalik ehtiyoji va 35–500 kV kuchlanishli podstansiyalardagi o‘z ehtiyoji uchun sarflangan elektr energiyasi tahlilini qilib borish bo‘yicha tajribaga ega bo‘lishi, shu bilan birga, o‘lchov asboblarining ulanish sxemalarini mukammal bilishi; Energetika sohasida O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, shuningdek, energetika sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi lozim; Magistral elektr tarmoqlariga elektr energiyasining qabul qilinishi va uzatilishi bo‘yicha hisobotlarni to‘g‘ri shakllantirish tajriba-ko‘nikmasiga ega bo‘lishi talab etiladi.

Mazkur bo‘sh ish o‘rniga ishga qabul qilingan muhandis asosan 35–110–220–500 kV kuchlanishli elektr tarmoqlari hamda podstansiyalari orqali qabul qilingan va uzatilgan elektr energiyasi bo‘yicha hisobotlarni tahlil qilib, to‘g‘ri yuritilishini ta’minlaydi.

⇒ Boshqa e’lonlar:  «Bo‘sh ish o‘rinlari» ruknida

❇️ MANZIL: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy.

Nomzodlar bilan suhbat o‘tkazish manzili: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, 2-mavze.

Mo‘ljal: «Uchqun» sport kompleksi.

Murojaat uchun: 71-207-1836.

Onlayn rezyume 

Elektron pochta: toshkent@uzbekistonmet.uz 

❗️ Mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga ishga kirmoqchi bo‘lgan fuqarolarga tavsiyalar.

FacebookInstagramYouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati