O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-6099-son farmoni hamda “Jamoaviy sport turlarini rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 4-dekabrdagi PQ-421-son qarori ijrosini ta’minlash hamda “O‘zbekiston MET” AJ xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ishchi-xodimlar o‘rtasida sportning mini-futbol turini targ‘ib qilish va uni ommalashtirish, shuningdek Toshkent davlat texnika universitetining Energetika fakulteti talabalarining sportga bo‘lgan qiziqishlarini rag‘batlantirish maqsadida Magistral elektr tarmoqlari ishchi-xodimlari o‘rtasida sportning mini futbol bo‘yicha “Boshqaruv raisi kubogi–2025” musobaqasining yakuniy bosqichi o‘tkaziladi.
⚽️ «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Dadajon Aynaqulovich Isaqulov tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan sport tadbirida Aksiyadorlik jamiyat filiallari hamda tashkilotlaridan bir nechta jamoalar, shuningdek, rasmiy mehmon sifatida Islom Karimov nomidagi TDTU murabbiylaridan iborat jamoa ishtirok etadi.
⇒ Shu bilan birga, sport tadbirida Belorus Respublikasining energetiklar jamoasi vakillari mehmon sifatida ishtirok etishi kutilmoqda.
TADBIR SANASI: 2025-yil 26-aprel, soat 9:00.
MANZIL: Toshkent, Yunusobid tumani, 2-mavze, «Uchqun» sport majmuasi.
✍️ Odiljon Vohidov, Aksiyadorlik jamiyati «sport targ‘ibotchisi»
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati