Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev raisligida 2025-yilning 5-mart kuni bo‘lib o‘tgan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengash yig‘ilishida belgilab berilgan ustivor vazifalardan kelib chiqib “Ozbekiston milliy elektr tarmoqlari”AJ Muvofiqlik tizimi (komplayens) xizmati tomonidan iqtisodiy o‘qish tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-apreldagi 15/1-1210-sonli topshirig‘iga ko‘ra “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari”AJ hamda filiallar rahbarlari va xodimlari uchun iqtisodiy o‘qish tashkillashtirilish belgilangan edi.
Yuqoridagi topshiriqlar ijrosi doirasida, 2025-yilning 24-aprel kuni soat 10:00 da “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ Muvofiqlik tizimi (komplayens) xizmati tomonidan Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev raisligida 2025-yilning 5-mart kuni bo‘lib o‘tgan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengash yig‘ilishida belgilab berilgan ustivor vazifalardan kelib chiqib iqtisodiy o‘qish tashkil etildi.
Ushbu tadbirni Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari S.A. Artikov kirish so‘zi bilab ochib berib, Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan Milliy kengash yig‘ilishidagi berilgan barcha ustuvor vazifalar bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirib o‘tidi. So‘ng so‘zni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining bosh inspektori – O.A.Abdug‘aniyevga berdi.
O.A.Abdug‘aniyev so‘z boshida 2025-yilning 5-mart kuni berilgan vazifalar va ularni ijro etilishi yuzasidan tadbir qatnashchilariga batafsil ma’lumotlarni berib, 2025-yilning 21-aprel kuni qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yana-da takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni va “Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari mustaqilligini taʼminlash hamda faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-147-son, 21.04.2025-y.) bo‘yicha tadbir qatnashilariga batafsil ma’lumotlarni eshshitirib, korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ma’lumotlar berdi. Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga ma’lumot va ish tajribalari bilan o‘rtoqlashib, korrupsiyaga nisabatan barchamiz kurashsak, bu illatni bemalol ildizini quritish mumkinligiga alohida to‘xtalib o‘tdi.
Tadbir davomida Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining matbuot kotibi —axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi U.Urunov so‘zga chiqib, AOKAda Aksiyadorlik jamiyati faoliliyatiga doir ma’lumotlar, OAV va jamoatchilikka erishilgan yutuqlarni o‘qib eshshitirib borish uchun barcha bosh boshqarma, boshqarma, xizmat va bo‘lim boshliqlari o‘z hisobotlarini tayyorlab borishi yuzasidan taklif bildirdi. Bu taklif Boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari S.A. Artikov tomonidan ma’qullanib, jadval tasdiqlanib, ushbu jadval asosida bajarilgan ishlarni OAV hamda jamoatchilikka taqdim etilishi yuzasidan topshiriq berdi.
Ushbu tadbirda Aksiyadorlik jamiyati va uning filiallaridan rahbar, xodimlar ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob oldi. Tadbirda 150 nafar ishtirokchi qatnashdi.
A.Raxmonov, Muvofiqlik tizimi (komplayens) xizmati bosh mutaxassisi
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati