Ijtimoiy tarmoq sahifalarida "Andijon shahri, XBKdagi "BOBUR podstansiyasida" yong‘in chiqib, elektr kabel simlari yonib ketdi" mazmunida tarqalgan xabarlar yuzasidan rasmiy maʼlumot:
Bugun, 2025-yil 24-aprel sanasi, soat 16:59 da 220 kV kuchlanishli “Bobur” podstansiyasining 10 kV kuchlanishli yopiq taqsimlash qurilmasidan chiquvchi isteʼmolchilarga tegishli kabel kanalida shikastlanish paydo bo‘lgan. So‘ng kabel kanalida yong‘in sodir bo‘lgani aniqlanib, yopiq taqsimlash qurilmasining barcha elektr jihoz va uskunalari xavfsizlik talablariga binoan tarmoqdan ajratilgan.
⚡️ Nazorat ko‘rigidan so‘ng yong‘in sodir bo‘lgan kabel tarmoqlari o‘chirilib, soz holatdagi kabel tarmoqlariga kuchlanish berilgan.
Ayni paytda 220 kV kuchlanishli “Bobur” podstansiyasidan chiquvchi 10 kV kuchlanishli kabel tarmog‘ida sodir bo‘lgan yong‘in sabablari tarmoqning mansublik chegarasi tutash bo‘lgan elektr energetika obyektlari mutaxassislari tomonidan o‘rganilmoqda va taʼmirlash-sozlash ishlari bajarilmoqda.
Aniqlangan nosozlik to‘liq bartaraf etilgandan so‘ng qolgan kabel tarmoqlariga kuchlanish beriladi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati