2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Korrupsiyaga qarshi kurashish
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Ochiqlik indeksi bo‘yicha: Umumiy reytingda 58-o‘rin, Aksiyadorlik jamiyatari bo‘yicha 16-o'rin (68,3 ball)
  • 25.04.2025
  • 8

2024-yil yakunlari bo‘yicha Ochiqlik indeksi eʼlon qilindi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida ochiqlikni taʼminlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi va natijadorligini baholash komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-154-son Farmoniga muvofiq, 2024-yil yakunlariga ko‘ra davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlik bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarning samaradorligi va natijadorligini baholashga qaratilgan Ochiqlik indeksi asosida to‘plangan barcha ko‘rsatkichlar atroflicha muhokama qilinib, yakuniy natijalar ko‘rib chiqildi.

Maʼlumot o‘rnida: Indeks 84 ta baholash mezonidan tarkib topgan 8 ta indikator asosida shakllantirilib kelinmoqda. Bu yilgi baholashda jami 98 ta ta respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari – vazirlik, qo‘mita, agentlik, inspeksiyalar va mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati qamrab olindi.

Baholash natijalariga ko‘ra, 50 ta davlat organi “yashil” (2023-yilda 31 ta), 35 tasi “sariq” (43 ta) va 13 tasi “qizil” (29 ta) samaradorlik ko‘rsatkichlarini qayd etdi.

 

 

Joriy yil baholashda o‘tgan yilga nisbatan “yashil” toifada baholangan davlat idoralari ko‘lami 21 %ga ko‘payib, “qizil” toifadagilar 15 %ga (ijobiy o‘sish ko‘rsatkichlari bo‘yicha) kamaygan.

Tahlillar ko‘rsatishicha, bu yil reyting natijalari o‘rtacha 70 ballni tashkil etib, 2023-yilga nisbatan 8 ballga oshgan.

Eng yuqori samaradorlik ko‘rsatkichlari “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ (91 ball), Soliq qo‘mitasi (90 ball), “O‘zavtosanoat” AJ (89 ball) va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ (89 ball) tomonidan ko‘rsatilgan.

Eng yuqori ijobiy o‘sish “Uzbekistan Airways” AJ (+42 ball), Transport nazorati inspeksiyasi (+46 ball), Sport vazirligi (+47 ball), Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (+52 ball) tomonidan qayd etilgan.

Respublika darajasida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi (32 ball), Gidrometeorologiya xizmati agentligi (45 ball), Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi (50 ball) va Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi (51 ball) qayd etib, “qizil” toifada baholangan.

Yakuniy natijalar bilan https://index.aca.uz/rating orqali tanishish mumkin.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Manba: https://t.me/antikor_uzb/3517

https://t.me/antikor_uzb/3518

FacebookInstagramYouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati