2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Yuqori kuchlanishli podstansiyalarda joriy ta’mirlash ishlari olib borilmoqda
  • 25.04.2025
  • 14

⚡️ Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston MET» AJ tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallari tomonidan nazorat ko‘riklari davomida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilmoqda.

E’tiboringizga havola etilayotgan suratlarda «Jizzax magistral elektr tarmoqlari» filiali tarkibidagi 220 kV kuchlanishli «Jizzax» podstansiyasida 29-sonli ijozat ruxsatnomasi orqali L-Nurafshon-2-110 kV tugunidagi joriy ta’mirlash ishlari aks etgan.

Podstansiyalar xizmati mutaxassislari Jizzax viloyatida joylashgan podstansiyalarda mavjud transformatorlarining yog‘ sathi me’yori, sovitish tizimi sozligi va boshqa me’yoriy ko‘rsatkichlarini nazoratga olish bo‘yicha tegishli amaliyotlarni bajarishmoqda. Eski uskuna hamda jihozlar yangi va zamonaviylariga almashtirilmoqda. Korroziyaga uchragan metall konstruksiyali qurilmalarga bo‘yoq tortilmoqda.

FacebookInstagramYouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati