2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Aksiyadorlik jamiyatida sportning mini futbol bo‘yicha “Boshqaruv raisi kubogi–2025” musobaqasi bo‘lib o‘tdi
  • 26.04.2025
  • 118

Aksiyadorlik jamiyati sport majmuasida mini futbol bo‘yicha “Boshqaruv raisi kubogi–2025” musobaqasining yakuniy bosqichi boshlandi

Avval xabar berganimizdek,  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6099-son Farmoni hamda 2024-yil 4-dekabrdagi PQ-421-son Qarori ijrosini ta’minlash hamda “O‘zbekiston MET” AJ xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ishchi-xodimlar o‘rtasida sportning mini-futbol turini targ‘ib qilish va uni ommalashtirish, maqsadida Magistral elektr tarmoqlari ishchi-xodimlari o‘rtasida sportning mini futbol bo‘yicha “Boshqaruv raisi kubogi–2025” musobaqasining yakuniy bosqichi o‘tkazilmoqda.

⚽️ Ayni paytda xizmat vazifasini bajarayotgan mutaxassislardan tashqari sport tadbiriga jalb etilgan Magistral elektr tarmoqlari ishchi-xodimlaridan iborat futbol jamoalariga omad tilaymiz!

▶️ Batafsil

Aksiyadorlik jamiyati sport majmuasida mini futbol bo‘yicha musobaqa qizg‘in bahslar bilan davom etmoqda

Avval xabar berganimizdek, “O‘zbekiston MET” AJ xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ishchi-xodimlar o‘rtasida sportning mini-futbol turini targ‘ib qilish va uni ommalashtirish, maqsadida Magistral elektr tarmoqlari ishchi-xodimlari o‘rtasida sportning mini futbol bo‘yicha “Boshqaruv raisi kubogi–2025” musobaqasining yakuniy bosqichi o‘tkazilmoqda.

⚽️ Aksiyadorlik  jamiyati Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi, Magistral elektr tarmoqlari boshlang‘ich kasaba tashkiloti masʼullari sport tadbirida tibbiy xizmat va boshqa tashkiliy sharoitlarini yaratishgan.

Aksiyadorlik jamiyati "sport targ‘ibotchisi" mini futbol bahslarda hakamlik qilmoqda.

“Boshqaruv raisi kubogi–2025” musobaqasining final bosqichi boshlandi

Avval xabar berganimizdek,  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6099-son Farmoni hamda 2024-yil 4-dekabrdagi PQ-421-son Qarori  ijrosini ta’minlash hamda “O‘zbekiston MET” AJ xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ishchi-xodimlar o‘rtasida sportning mini-futbol turini targ‘ib qilish va uni ommalashtirish, maqsadida Magistral elektr tarmoqlari ishchi-xodimlari o‘rtasida sportning mini futbol bo‘yicha “Boshqaruv raisi kubogi–2025” musobaqasining yakuniy bosqichi o‘tkazilmoqda.

Tadbir tashkilotchilari tomonidan yozilgan milliy taomlar dasturxonidan so‘ng 30 daqiqa tanaffus eʼlon qilindi.

⚽️ Ayni paytda “Boshqaruv raisi kubogi–2025” sport musobaqasining 3-, 2- va 1-o‘rinlari uchun qizg‘in bahslari bo‘lib o‘tmoqda. 

 “Boshqaruv raisi kubogi–2025” musobaqasining g‘oliblari aniqlandi

Avval xabar berganimizdek,  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6099-son Farmoni  hamda PQ-421-son Qarori  ijrosini ta’minlash maqsadida Magistral elektr tarmoqlari ishchi-xodimlari o‘rtasida sportning mini futbol bo‘yicha “Boshqaruv raisi kubogi–2025” musobaqasining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir yakunida Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov tadbir ishtirokchilarini natijalar bilan tabriklab, ularning kasbiy faoliyatida omad tiladi.

⚽️ Musobaqa g‘oliblari:

1-o‘rin — "Toshkent magistral elektr tarmoqlari" filiali jamoasi;

2-o‘rin — Markaziy apparat jamoasi;

3-o‘rin — Toshkent davlat texnika universiteti Energetika fakulteti (taklif etilgan mehmon) jamoasi.

G‘oliblarga esdalik sovg‘alarni Dadajon Aynaqulovich topshirib, tadbir qatnashchilarining kasbiy va o‘quv-malaka faoliyatida ham ulkan zafarlar tiladi.

FacebookInstagramYouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati