2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
«Toshkent shahar MET» filiali: Bugun 28-aprel — Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni
  • 28.04.2025
  • 83

“Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari” filialida 2025-yilning 28-aprel “Butun jahon mehnatni muhofaza qilish kuni” munosabati bilan 220 kV kuchlanishli “Qo‘yliq” podstansiyasida Filial bosh muhandisi Sh.Abdug‘apparov, Mustahkamlik, mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi guruhi yetakchi muhandisi M.Egamkulov, Podstansiyalar xizmati boshlig‘i Sh.Xaqnazov hamda kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamkorligida mehnat muhofazasi vakillari hamda podstansiyalarning ustalari, elektr montyorlari hamda  elektr chilangarlari bilan o‘quv seminari o‘tkazildi.

Ushbu sana Xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan 2003-yilda eʼlon qilingan va mehnat muhofazasi, ishchilarning kasalliklari va baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida xalqaro eʼtiborni o‘z ichiga oladi. 28-aprel shuningdek, Jahon mehnat harakati tomonidan "Qurbon bo‘lgan mehnatkashlarni eslash kuni" sifatida ham qayd etiladi.

 

Mehnat muhofazasi vakillari bilan ishchilarning xayoti va sog‘lig‘ini saqlashning ahamiyati haqida so‘z yuritildi.

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — dunyo hamjamiyatini ish joylarida sodir bo‘layotgan yengil, og‘ir va o‘lim bilan tugagan baxtsiz hodisalarning oldini olish hamda mehnat muhofazasi masalalariga diqqat-eʼtiborni kuchaytirishdir.

Eng achinarlisi, sodir bo‘layotgan baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklari ko‘pchilik hollarda xodimlarning bilim-ko‘nikmalari yetarli darajasining yetarli darajada emasligi, xavfsizlik texnikasi, yong‘in xavfsizligi, mehnatning xavfsiz usul va uslublari bo‘yicha bilimlarni yaxshi o‘zlashtirmagani yoki tajribasi yetishmasligi, buning oqibatida elektr qurilmalar va tarmoqlarida ish bajarishda kuchlanish bor-yo‘qligini tekshirmasligi, ko‘chma yerlagichlarni o‘rnatmasligi asosiy sabablardan biri bo‘lmoqda.

O‘zbekistonda mehnatni muhofaza qilish masalalari Konstitutsiya, Mehnat kodeksi, “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonun hamda boshqa hujjatlari bilan tartibga solinadi.

Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan so‘nggi o‘zgartirish va qo‘shimchalar, mehnat muhofazasi sohasida ish beruvchilar va xodimlar masʼuliyatini oshirishga hamda mehnatni muhofaza qilish xizmatlari ishini izchil ravishda rivojlantirishga, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi meʼyorlarini takomillashtirish yuzasidan zarur choralarni ko‘rishga qaratilgandir.

Narjemal Xodjamkuliyeva, «Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari» filiali Kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkiloti raisi

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati