“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining bir guruh faol yoshlari Jamiyatning Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida bo‘lib qaytishdi.
Dastlab Jamiyat yoshlari Oliy Majlis Senatidagi tanishuvni katta tarixga ega bo‘lgan va shu kungacha bir qancha qonunlar tasdiqlanadigan senatorlarning majlislar zalidan boshlab, ularning ish jarayonlari, qonunlarni tahlil qilish va o‘z bilimlarini oshirishlari uchun muhim o‘rin egallaydigan boy kutubxona, qonunlarni qabul qilish jarayoni hamda nufuzli tadbirlar tashkillashtirilganda ommaviy axborot vositalari uchun tashkil etilgan axborot resurs markazi bilan tanishib chiqishdi.
Tadbir davomida yoshlarimiz Senatning Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha qo‘mitasida doimiy asosda ishlovchi senator Kadirxanova Malika Akbarovna bilan uchrashib, qonunchilik faoliyati, qonunlarning qabul qilish jarayonlari, asossiz yoki xalq uchun ishlamaydigan qonunlarning qaytarilishi va bugungi kunda olib borilayotgan islohotlar natijasida yangi qonunlarning qabul qilinishi, ularni xalq orasida tatbiq etish masalalariga oid bir qancha savollarga javob olishdi.
Shuningdek, yangi tahrirda qabul qilingan “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida” 2016-yil 14-sentabrdagi 406-sonli O‘zbekiston Respublikasi Qonuni asosida olib borilayotgan natijador ishlar xususida ham fikr almashildi.
Azizbek Botirov, “O‘zbekiston MET” AJ Yoshlar Ittifoqi Boshlang‘ich tashkiloti raisi
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati