2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
uza.uz — “Yulduz” podstansiyasini modernizatsiya qilish ishlari davom ettirilmoqda
  • 29.04.2025
  • 21

Mamlakatimizning energetika infratuzilmasini mustahkamlash va iste’molchilarga sifatli elektr energiyasini barqaror yetkazib berish maqsadida modernizatsiya ishlari olib borilmoqda.

“Andijon magistral elektr tarmoqlari” filiali boshlig‘i Hamidjon Hasanovning qayd etishicha, ayni kunlarda Andijon tumani Ayrilish mahallasidagi Hovuzbo‘yi ko‘chasida joylashgan 220/110/10 kV kuchlanishli podstansiyada AT-2 200 MVA quvvatli avtotransformator o‘rniga 250 MVA quvvatli avtotransformator o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda. 

– 2025/2026-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, shuningdek, barqaror va sifatli elektr energiyasini iste’molchilarga uzluksiz yetkazib berishni ta’minlash maqsadida mazkur loyiha amalga oshirilmoqda. "Yulduz" podstansiyasining modernizatsiyasi quvvatni oshirish va elektr tarmoqlarining ishlash samaradorligini yaxshilashga qaratilgan. Avtotransformatorning quvvati oshirilishi qurilmaning ishlash xavfsizligini ta’minlash va elektr tarmoqlarining barqaror ishlashini kafolatlash uchun muhim ahamiyatga ega. Buning ortidan elektr energiyasi yetkazib berishdagi yo‘qotishlar kamayadi, iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkaziladi. Bu sa’y-harakatlar elektr tarmoqlarining ishlash samaradorligini oshirish va iste’molchilarga sifatli elektr energiyasini barqaror yetkazib berishga xizmat qiladi, –dedi H.Hasanov.

“O‘zMET” AJ axborot xizmatining xabar berishicha, mazkur ishlar davlatimiz rahbarining 2017-yil 16-sentyabrdagi "Jahon banki ishtirokida “Magistral elektr tarmoq podstansiyalarini zamonaviylashtirish va rekonstruksiya qilish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda.

N.Ziyodullayeva, O‘zA

Manba: https://uza.uz/oz/posts/yulduz-podstansiyasini-modernizatsiya-qilish-ishlari-davom-ettirilmoqda_714267

FacebookInstagramYouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati