2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
BLEK-AUT: G‘arbiy Yevropada elektr taʼminotidagi keng ko‘lamli nosozliklar qayd etildi
  • 29.04.2025
  • 54

Kecha, 2025-yil 28-aprel kuni G‘arbiy Yevropada elektr taʼminotidagi keng ko‘lamli nosozliklar qayd etildi. «Deyarli butun Ispaniya, Portugaliya va Andorra, shuningdek, Fransiya va Belgiyaning ayrim hududlari elektr taʼminotidagi uzilishlardan zarar ko‘rdi, natijada aholi elektr va mobil aloqasiz qoldi», deb yozdi «The Sun» nashri. Ijtimoiy tarmoq sahifalarida yozilishicha, yirik shaharlarda aeroportlar va metropolitenlar faoliyati to‘liq to‘xtagan.

Kecha sodir bo‘lgan hodisa haqida «Financial Times» nashrining yozishicha, G‘arbiy Yevropa elektr energetika umum tizimida yuzaga kelgan yirik nosozlik natijasida 10 GVtdan ortiq quvvat isteʼmolchilari tarmoqdan uzilgan. Blek-aut sabablarini Ispaniyaning eng yirik elektr energiyasi kompaniyalari: “Endesa” va “Iberdrola” tahlil qilgani aytildi. Nashr rasmiy saytida xabar berilishicha, hodisa sababli Ispaniya va Portugaliya hukumatlari favqulodda holat tufayli tezkor yig‘ilish o‘tkazgan.

«Ispaniya va Portugaliya ko‘chalarida svetoforlar ishlamayapti, bu esa tirbandliklarga sabab bo‘lmoqda. Savdo markazlari, do‘konlar, xizmat ko‘rsatish maskanlari va stadionlar yopilgan. Bankomatlar va to‘lov terminallari ishlashida uzilishlar yuzaga keldi. Aeroportlar yopilgan, poyezd va metrolar harakati to‘xtatilgan», deb xabar beradi “FT” internet nashri.

Shuningdek, ko‘plab shifoxonalar zaxira generatorlari orqali quvvatlash tizimiga o‘tgan, jarrohlik va muolaja operatsiyalari keyinga qoldirilgan. O‘t o‘chirish, politsiya va qutqaruv xizmatlari favqulodda holat tartibida ishlagan.

Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, Ispaniya va Portugaliyada elektr taʼminotida yuz bergan blek-aut «kam uchraydigan atmosfera hodisasi» sababli yuz bergan bo‘lishi mumkin. Bu haqda Portugaliyaning «Rede Elétrica Nacional» nomli  elektr tarmoqlari operatori xabariga tayanib «Sky News» nashri maʼlum qildi.

“REN” nashrining maʼlumotiga ko‘ra, Ispaniyada havo haroratining keskin o‘zgarishi tufayli yuqori kuchlanishli liniyalarda «anomal tebranishlar» yuzaga kelgan va bu mintaqa elektr tarmog‘i umutizimida nosozliklarga olib kelgan.

Bugun, 2025-yil 29-aprel kuni Ispaniya hududida elektr taʼminoti taxminan 50 foizga tiklani haqida mamlakat bosh vaziri Pedro Sanches maʼlum qildi. «Elektr tarmoqlari operatori maʼlumotlariga ko‘ra, elektr taʼminotining deyarli 50 foizi allaqachon tiklangan. Oldimizdagi vazifa — yaqin soatlarda taʼminotni tiklashni davom ettirishdir. Hozirda mamlakatimizga elektr energiyasi Fransiya va Marokashdan yetkazib berilmoqda», – deya xabar tarqatdi Ispaniya hukumatining rasmiy nashrlari.

Ispaniya Hukumati, shuningdek, elektr taʼminoti to‘liq tiklanmaguncha ayrim ishchilar seshanba kuni uyida qolishiga to‘g‘ri kelishini qo‘shimcha qilgan.

Ispaniya va Portugaliyada elektr taʼminotidagi keng ko‘lamli elektr uzilishning aniq sababi hanuz nomaʼlum. Portugaliya bosh vaziri Luis Montenegro «uzilish manbai Ispaniyada» ekanini aytgandi. Ispaniya hukumati hodisa sabablarini aniqlash ustida ishlayotganini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, 2022-yil  25-yanvar kuni soat 11:00 da O‘zbekiston energotizimda yirik nosozlik yuzaga kelgan va blek-aut asoratlari tezkorlik bilan bosqichma-bosqich bartaraf etilgan edi.

Eʼtiboringizga uzbekistonmet.uz veb-saytining arxiv sahifalaridan mavzuga oid maqola va xabarlarni havola qilamiz:

DISPETCHER ELEKTR TAʼMINOTINI UZMASA NIMA BO‘LADI? yoxud tizimidagi yirik avariyalarning asosiy sabablari

https://arxiv.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/177

MARKAZIY OSIYO BIRLASHGAN ENERGOTIZIMIDA SODIR BO‘LGAN FAVQULOTDA HOLAT BO‘YICHA QISQA MAʼLUMOT

https://arxiv.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/950

24 soat ichida: Markaziy Osiyo elektr taʼminoti umumtizimida sodir bo‘lgan yirik nosozlik va uning bartaraf etilishi jarayonlari xronologiyasi

https://arxiv.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/1863

Elektr ta’minotining texnik va muhandislik shartlari: Dunyo elektr energetikasidagi yirik avariyalar va ularning oqibatlari

https://arxiv.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/1672

Технические и инженерные условия электроснабжения: Последствия крупных аварий в мировой электроэнергетике

https://arxiv.uzbekistonmet.uz/ru/lists/view/1672

Markaziy Osiyo elektr energetika yagona tizimi nima?

https://arxiv.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/1875

Что такое Единая энергосистема Центральной Азии?

https://arxiv.uzbekistonmet.uz/ru/lists/view/1875

Что такое Единая энергосистема Центральной Азии, Почему ее называют «энергетическим кольцом» и зачем она нужна? На все эти вопросы Минэнерго отвечает

https://minenergy.uz/ru/news/view/1777

Markaziy Osiyo yagona energetika tizimi nima, u nimaga “energohalqa” deb ataladi va u nima uchun kerak? Ushbu savollarning barchasiga Energetika vazirligi javob beradi

https://minenergy.uz/oz/news/view/1777

Internet maʼlumotlaridan foydalangan holda Aksiyadorlik jamiyati matbuot kotibi Ulug‘bek Urunov tayyorladi.

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati