Bugun, 2025-yil 29-aprel kuni “O‘zbekiston MET” AJ boshqaruvi raisi boshchiligidagi mutaxassislar Rossiya Federatsiyasining “Laboratoriya budeshego” kompaniyasi vakillarini qabul qildi.
⚡️ Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov O‘zbekiston magistral elektr tarmoqlarida olib borilayotgan islohotlar haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tdi.
Uchrashuv davomida rossiyalik elektr energetika sohasi mutaxassislari yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarini ekspluatatsiya qilishda yangi ishlanmalar — innovatsion texnologiyalarga oid taqdimot namoyish qilishdi. Yangi ishlanmalarda foydalanish samaradorligi muhokamalar markazida bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, xalqaro hamkorlar bilan uchrashuvlar yurtimizda o‘tkazilayotgan “Innoprom. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida o‘tkazilmoqda.