O‘zbekistonning “ELEKTRQISHLOQQURILISH” AJ Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida optik tolali aloqa tarmoqlarini loyihalash, xarid qilish va o‘rnatish loyihasini amalga oshiradi.
Loyihada 1-paket Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida optik tolali aloqa tarmog‘ini qurish ko‘zda tutilgan.
Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 3-fevraldagi “Jahon banki ishtirokida “Elektr energetika sektorini transformatsiya qilish va barqaror elektr uzatish” loyihasini amalga oshirish hamda respublika magistral elektr tarmoqlari tizimini rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-113-son qaroriga muvofiq amalga oshirilmoqda.
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan o‘tkazilgan xalqaro tender savdolari yakunlari bo‘yicha tayyorlangan hisobot xarid komissiyasi hamda Jahon banki tomonidan tasdiqlandi.
O‘zbekistonning “ELEKTRQISHLOQQURILISH” AJ kompaniyasi 3,171,282.00 AQSH dollari dollari miqdoridagi taklif etilgan narx bilan 1-paketda ya’ni Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida optik tolali aloqa tarmog‘ini qurish bo‘yicha g‘olib deb topildi.
G‘olib kompaniya bilan muzokaralar o‘tkazilib bugun, 2025-yil 29-aprel kuni shartnoma imzolandi.
Loyiha Jahon banki tomonidan moliyalashtirilgan bo‘lib 2025–2026-yillarda amalga oshirilishi belgilangan.
Ushbu loyiha telekommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilish komponentining bir qismi bo‘lib, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida optik tolali tarmoq infratuzilmasini loyihalash, xarid qilish va o‘rnatish orqali qurishni maqsad qilgan. Bu optik tolali aloqa tarmog‘ini qurish loyihasining sakkizta paketidan biri hisoblanadi.
"Jahon banki" loyihalarni amalga oshirish guruhi
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati