2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
SAMARQAND VILOYATI: 500 kV kuchlanishli elektr tarmoqlarida joriy ta’mirlash ishlari olib borilmoqda
  • 01.05.2025
  • 48

⚡️«Samarqand magistral elektr tarmoqlari» filiali tomonidan 500 kV kuchlanishli, texnik-muhandislik nomi L–521 bo‘lgan elektr tarmog‘ida joriy ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Nazorat ko‘rigida aniqlangan kamchiliklar tasdiqlangan rejaga asosan, maxsus texnika va mexanizmlar bilan qurollangan taʼmirlash-sozlash guruhlari tomonidan bartaraf etilmoqda.

Misol uchun, mutaxassislar tomonidan liniyaning 633-sonli tayanch ustuni "A"fazasida PS-160 rusumli nuqsonli izolyatorlar almashtirishtirib, chaqmoq qaytargich troslar hamda kontur yerlagichlar holati tekshirildi, qushlar qo‘nishga qarshi o‘rnatilgan moslamalar sozligi ta’minlandi.

Bundan tashqari, metall konstruksiyali tayanch ustunlarni mustahkamlash, liniyalarning kontakt birikmalaridagi qizishlarni aniqlash va bartaraf etish kabi ishlar bajarishdi.

FacebookInstagramYouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati