Davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni hamda “Jamoaviy sport turlarini rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida issiqlik elektr stansiyalari xotin-qizlari forumi o‘tkazilmoqda.
Ushbu tadbir Energetika vazirligi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi hamda O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.
Tadbir dasturida tizimda mehnat qilayotgan xotin-qizlarning jamiyatdagi faolligini qo‘llab-quvvatlash, ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish, huquqiy bilimini oshirish va sportga keng jalb etishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy, ko‘ngilochar va sport tadbirlari o‘tkazilishi belgilangan.
Forumda issiqlik elektr stansiyalari va markazlaridan jami 150 nafar xotin-qizlar ishtirok etmoqda.
Forum doirasida “Kitobxonlik”, “Xon atlas” festivali, “Balli qizlar” tanlovi, “Voleybol” musobaqasi va yakuniy taqdirlash konserti o‘tkazilishi rejelashtirilgan.
Manba: https://t.me/minenergy_uz/16015?single
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati