2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
“Innoprom. Central Asia” ko‘rgazmasida 10 kVt quvvatdagi ko‘chma quyosh elektr stansiyasi taqdim etildi
  • 01.05.2025
  • 22

#innoprom #texnopark #green_energy


➡️ “Innoprom. Central Asia” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida “Texnopark” MCHJ tomonidan ishlab chiqilgan 10 kVt quvvatdagi ko‘chma quyosh elektr stansiyasi keng jamoatchilik e’tiboriga havola etildi.

➡️ Mazkur innovatsion mahsulot off-grid tamoyili asosida ishlaydi, ya’ni elektr tarmog‘iga ulanmagan holda mustaqil tarzda energiya ishlab chiqarish va saqlash imkoniyatiga ega. Quyosh nurlari yordamida energiya ishlab chiqariladi va maxsus akkumulyator tizimida jamlanadi, bu esa uni uzoq muddat davomida elektr bilan ta’minlashda qo‘llash imkonini beradi.

➡️ Ko‘chma stansiya chekka hududlarni elektr energiyasi bilan ta’minlash, elektromobillarni zaryadlash, vaqtincha inshootlar yoki tadbirlarda zaxira energiya manbai sifatida ishlatish kabi keng imkoniyatlarga ega. Shuningdek, ushbu qurilma ekologik toza energiyadan foydalanish imkonini yaratib, yashil texnologiyalarni keng joriy etishda muhim o‘rin egallaydi.

➡️ Stansiya g‘ildirakli platforma asosida joylashtirilgan bo‘lib, bu uni tez va oson transportirovka qilish, kerakli joyda ishga tushirish imkonini beradi.

➡️ “Texnopark” korxonasi tomonidan taqdim etilgan ushbu texnologik yechim O‘zbekistonda barqaror energiya ta’minoti, yashil energetika, va mahalliy innovatsion mahsulotlar asosida ishlab chiqarish salohiyatini kengaytirish yo‘lidagi navbatdagi muhim qadam bo‘ldi.

Manba: https://t.me/uzeltexsanoat/14931 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati