“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ ning 2025-yil 4-fevral 2-son buyrug‘i hamda “Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari” filialining 2025-yil 10-aprel kunidagi KSH-73 sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida “Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari” filiali tarkibidagi 500/220/10 kV kuchlanishli “O‘zbekiston” podstansiyasida “Favqulodda vaziyatlar ro‘y berganda obyekt rahbariyati va qutqaruv tuzilmalarining harakatlari” mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston tumanida joylashgan tezkor xizmat vakillari ishtirok etib, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish mashg‘ulotlarida hamkorlik qilishdi. Tadbir ishtirokchilarining ushbu yo‘nalishdagi bilim va ko‘nikmalari mustahkamlandi.
O‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazishdan maqsad: Fuqaro muhofazasi yuzasida tayyorgarlik darajasini amalda sinab ko‘rish, favqulodda vaziyatlar ro‘y berganda obyekt ishchi xizmatchilarining harakati va o‘tkaziladigan tadbirlarga aniqliklar kiritish, fuqaro muhofazasi rahbariyati va fuqaro muhofazasi tuzilmalari shaxsiy tarkibini har qanday vaziyatda asosli qarorlar qabul qilish va samarali harakatlarni amalga oshirishni o‘rgatishdan iborat.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati