2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
220/110/10 kV kuchlanishli «Farg’ona» podstansiyasida maxsus-taktik oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazildi
  • 05.05.2025
  • 47

 “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ ning 2025-yil 4-fevraldagi 2-son buyrug‘i hamda “Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari” filialining 2025-yil 10-aprel kunidagi KSH-73 sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida “Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari” filiali tarkibidagi 220/110/10 kV kuchlanishli “Farg’ona” podstansiyasida “Favqulodda vaziyatlar ro‘y berganda obyekt rahbariyati va qutqaruv tuzilmalarining harakatlari” mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazildi.

Tadbirda Farg’ona viloyatida joylashgan tezkor xizmat vakillari ishtirok etib, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish mashg‘ulotlarida hamkorlik qilishdi. Tadbir ishtirokchilarining ushbu yo‘nalishdagi bilim va ko‘nikmalari o‘rganildi.

 

 

Mashg‘ulotlarda energetika obyektining fuqaro muhofazasi tuzilmalari va harbiylashtirilgan qo‘riqlash qismi shaxsiy tarkibining tayyorgarlik darajasini oshirish, ularni tabiiy hamda texnogen tusdagi favqulodda holat sodir bo‘lganda Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash va qutqaruv xizmatlarining hududiy bo‘linmalari bilan hamkorlikdagi harakatini uyg‘unlashtirish masalalariga oid bilim va ko‘nikmalar mustahkamlandi.

Shuningdek, tadbir davomidagi o‘quv mashqlariga qo‘yilgan vazifalarni bajarish uchun qutqaruv, avariya-texnik, sanitariya, yong‘ini bartaraf etish, aloqa va axborot hamda jamoat tartibini saqlash guruhlarning boshqaruv hamda shaxsiy tarkibi to‘liq jalb qilish kabi vazifalar muvofiqlashuvi ko‘rib chiqildi.

⚡️ Mashg‘ulotlarda, shu bilan birga, podstansiyada mehnat faoliyati olib borayotgan ishchi-xodimlar hamda qo‘riqlash bo‘linma vakillarining favqulodda holatda avariya oqibatlarnini bartaraf etish bo‘yicha tayyorgarlik darajasi o‘rganildi.

 

 

Tadbir yakunida mashg‘ulot muhokamasi o‘tkazilib, qatnashchilar tomonidan amalga oshirilgan harakatlar tanqidiy tahlil qilindi. Har bir xizmat xodimlarining favqulodda vaziyatlardagi harakatlari, xususan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish  va o‘t o‘chirishdagi tezkor harkati bo‘yicha bilimlari baholanib, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni kelgusida takrorlamaslik chora-tadbirlari ko‘rildi.

O‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazishdan maqsad: Fuqaro muhofazasi yuzasida tayyorgarlik darajasini amalda sinab ko‘rish, favqulodda vaziyatlar ro‘y berganda obyekt ishchi xizmatchilarining harakati va o‘tkaziladigan tadbirlarga aniqliklar kiritish, fuqaro muhofazasi rahbariyati va fuqaro muhofazasi tuzilmalari shaxsiy tarkibini har qanday vaziyatda asosli qarorlar qabul qilish va samarali harakatlarni amalga oshirishni o‘rgatishdan iborat.

FacebookInstagramYouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati