2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Kasaba uyushmasi
"Surxondaryo MET" filiali ishchi-xodimlari o‘rtasida "Mini futbol - Xotira turniri" o‘tkazildi
  • 05.05.2025
  • 67

"Surxondaryo MET" filiali ishchi-xodimlari o‘rtasida madaniy-maʼrifiy, jismoniy tarbiya, sog‘lomlashtirish va sport ishlarini targ‘ib qilish, ularning sportga bo‘lgan ishtiyoqini oshirish maqsadida filial va kasaba uyushma qo‘mitasining 2025-yil 24-apreldagi  87/1-1-sonli qo‘shma qaroriga asosan,  9-may "Xotira va qadrlash" kuni munosabati bilan 2025-yil 3-may kuni ishchi xodimlar o‘rtasida "Mini futbol — Xotira turniri" o‘tkazildi.

Musobaqada Filial podstansiyalardagi guruhlaridan 8 ta jamoa ishtirok etdi. Murosasiz kurashdan so‘ng 500 kV kuchlanishli “Surxon” o‘qchilar jamoasi 1-o‘rin, 500 kV kuchlanishli “Surxon”  podstansiyasi jamoasi 2-o‘rin, Maʼmuriyat jamoasi 3-o‘rin olib, musobaqa g‘olibi deb topildi.

 Filial MXTG boshlig‘i Mirjalol Qosimov 15 ta gol urib, "Eng yaxshi tupurar" nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi. "Eng yaxshi darvozabon" nominatsiyasi - 500 kV kuchlanishli “Surxon”  podstansiyasi o‘qchilar jamoasi darvozaboniga, "Eng yaxshi jamoa" nominatsiyasi - 220 kV kuchlanishli “Sherobod” podstansiyasi jamoasiga nasib qildi. 

Turnir g‘oliblariga Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan qimmatbaxo sovg‘alar berildi.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati