2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Kasaba uyushmasi
O‘quv-seminar: "Mehnat muhofazasining yangi bosqichi: Ish joyida sunʼiy intellekt va raqamlashtirishning roli"
  • 06.05.2025
  • 53

Bugun "O‘zbekiston MET" AJ ning barcha filiallari ishtirokida "28-aprel — Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni" munosabati bilan O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari Respublika kengashining bosh mehnat texnik inspektori Saidnosir Saidmahmudov, Aksiyadorlik jamiyati Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Nodira Xidirova, Mustahkamlik va xavfsizlik texnikasi bo‘limi sektor boshlig‘i Kamoliddin Miraliyev va 2-toifali muhandis Jamoliddin Xolmatov  ishtirokida o‘quv-seminar o‘tkazildi.

O‘quv-seminarning mavzusi  "Mehnat muhofazasining yangi bosqichi: Ish joyida sunʼiy intellekt va raqamlashtirishning roli".

Seminarda barcha filiallarning kasaba uyushmasi qo‘mitasi aʼzolari, mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi xodimlari hamda ishchi-xodimlar ishtirok etishdi.

FacebookInstagramYouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati