2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Qiziqarli xabarlar
«CHAQIRIQ» mukofoti: kelajak texnologiyalari sohasida arizalar qabul qilinmoqda
  • 06.05.2025
  • 7

Mukofot zamonaviy fan haqidagi tasavvurlar, har bir inson hayotini o‘zgartiruvchi ulkan g‘oyalar va ixtirolarni taqdirlashga qaratilgan.

«CHAQIRIQ» mukofotining vazifasi — yosh avlod vakillarida ilm-fanga qiziqish va unga hayotini bag`ishlash istagini shakllantirishdir.

Rossiyalik olimlar uchun mo‘ljallangan 4 ta nominatsiyadan tashqari:  «Tashabbus», «Injenerlik yechimi», «Yil olimi» va «Isteʼdod», 2024-yilda xalqaro nominatsiya – «Discovery» («Kashfiyot») eʼlon qilindi. Unda istalgan davlatdan olimlar ishtirok etishi mumkin.

Mukofot quyidagi 5 ta nominatsiya bo‘yicha topshiriladi:

♦ Tashabbus: muhim ilmiy yoki texnologik muammoni hal qilgan tadqiqot uchun

♦ Injenerlik yechimi: muhim ixtiro yoki yangi texnologiya yaratganlik uchun

♦ Isteʼdod: fan va texnologiya rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatgan ilmiy yutuq uchun (35 yoshgacha bo‘lgan olimlarga beriladi)

♦ Yil olimi: fan va texnologiya manzarasini o‘zgartirishga qo`shgan shaxsiy hissasi uchun

Discovery (Kashfiyot): fan va texnologiya rivojiga ta’sir ko‘rsatgan muhim xalqaro kashfiyot uchun

⇒ Arizalarni qabul qilish muddati — 2025-yil 21-maygacha.

Mukofotga ariza yuborish uchun: премиявызов.рф

«CHAQIRIQ» jamgʻarmasi butun dunyo olimlarini ilm-fan va kelajak texnologiyalarini  rivojlantirish uchun chegaralarni birgalikda yengib oʻtishga chorlaydi!

Manba: https://t.me/clearenergy/2766

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati