⚡️ Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston MET» AJ tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallari tomonidan nazorat ko‘riklari davomida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilmoqda.
E’tiboringizga havola etilayotgan suratlarda «Qoraqalpog‘iston magistral elektr tarmoqlari» filiali tarkibidagi yuqori kuchlanishli podstansiya navbatchi mutaxassislarining joriy ta’mirlash ishlari aks etgan.
Mutaxassislar Qoraqalpog’iston Respublikasida joylashgan podstansiyalarda mavjud transformatorlarining yog‘ sathi me’yori, sovitish tizimi sozligi va boshqa me’yoriy ko‘rsatkichlarini nazoratga olishgan.
Eski uskuna va jihozlar yangilariga almashtirilmoqda. Korroziyaga uchragan metall konstruksiyali qurilmalarga bo‘yoq tortilmoqda. Rele himoyasi va avtomatika xizmati uskuna va jihozlar barqaror ishlashini ta’minlamoqda.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati