2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Qiziqarli xabarlar
Markaziy Osiyo suv krizisi
  • 07.05.2025
  • 5

2040-yilgacha Markaziy Osiyo Amudaryo va Sirdaryo daryolari suv oqimining kamayishi fonida yuqori darajadagi suv stressiga duch kelishi mumkin. Ushbu masalani davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev Samarqand xalqaro iqlim forumida ko‘tarib chiqdi.

Hozirgi kunda resurslarni tejash maqsadida sug‘orish tarmoqlarini betonlash ishlari olib borilmoqda, shuningdek, suvni tejash texnologiyalarini ishlab chiqarish uchun sanoat bazasi yaratilmoqda. O‘tgan yili shu ishlar orqali taxminan 8 milliard kub metr suv tejashga muvaffaq bo‘lindi.

Bu yo‘nalishda samarali ish olib borish uchun kuchlarni birlashtirib, Markaziy Osiyoda suvni tejash texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha mintaqaviy dastur ishga tushirilishi zarur  – deya ta`kidladi Prezident.

Manba: https://t.me/clearenergy/2768

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

  t.me/uzmetaxborotxizmati