2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Energetika vazirining yoshlar bilan navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
  • 10.05.2025
  • 16

Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Jasorat, Bo‘z, Sayram, Ijodkor, Zakovat, Katta Oltintepa va Sarbon mahallalarida istiqomat qilayotgan, alohida ishlash talab etiladigan yoshlar bilan uchrashdi.

Ma’lumki, mazkur mahallalarda yashovchi 31 nafar yosh Energetika vaziriga biriktirilgan bo‘lib, ularni kasbga o‘rgatish, ish bilan ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatiga yo‘naltirish va chet tilini o‘rganishlariga ko‘maklashish maqsad qilingan.

Mazkur uchrashuv doirasida 2 nafar yoshga IT sohasida tahsil olishi va faoliyat yuritishi uchun kompyuter topshirildi, 2 nafar yoshni mutaxassisligi bo‘yicha tog‘-kon sanoati tizimi va  temir yo‘l sohasidagi tashkilotlarga ishga joylashtirish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatishga kelishib olindi.

Bu kabi uchrashuvlar yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni ish bilan ta’minlash va ta’lim olishlariga ko‘maklashish uchun muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Manba: https://t.me/minenergy_uz/16156

FacebookInstagramYouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati