2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
E’lonlar
2025-yilda rejalashtirilgan ishlarni bajarishda pudratchi korxonani aniqlashni jadallashtirish yuzasidan qayta eʼlon
  • 12.05.2025
  • 36

Pudratchi tashkilotlar tomonidan 2025-yilda bajarilishi rejalashtirilgan xizmatlar ro‘yxati

1.  Andijon viloyatidagi 220 kVli “Yulduz” podstansiyasidagi 200 MVA quvvatli 220/110/10 kV AT-1 transformatorini demontaj qilib, uning o‘rniga podstansiyada transport holatida saqlanayotgan, 2024-yilda ishlab chiqarilgan OSFPSZ-250000/220 rusumli 250 MVA quvvatli kuch transformatorni o‘rnatish va sozlash ishlarini bajarib to‘liq ishga tushirish.

Oraliq masofa (dastlabki): 0,02 km

Og‘irligi: 192,5 tonna

Ishlarni bajarish muddati: Ish rejimiga asosan 2025-yil may-iyun oylari ichida 20 kun muddatda.

Ish hajmi: Transformatorni joyiga o‘rnatish, sinov ishlari (kuchlanish berishdan oldin va keyin), demontaj-montaj va sozlash ishlarini to‘liq bajarish hamda kuchlanish ostiga qo‘yish.

Eslatma: Bajariladigan ishlarga Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKda ekspertizadan o‘tkazilgan smeta hujjatlari hamda bajarilgan ishlar dalolatnomasi taqdim etilishi lozim.

Xaridlar transformatsiyasi ofisi

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

 

https://t.me/uzmetaxborotxizmati