Mamlakatimizda 9-may – Xotira va qadrlash kunini umumxalq bayrami sifatida keng nishonlash, barcha mehnat va urush faxriylari, baynalminal jangchilarga hurmat-ehtirom ko‘rsatish, ularni moddiy va maʼnaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlashdek ezgu urf-odatlar bor...
Shu bilan birga, mehnat faxriylari ishtirokida “Inson qadri ulug‘, xotira — muqaddas” mavzusidagi tadbirni amalga oshirish anʼanaga kirgan.
⚡️ “Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari” filiali kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan: Rele himoyasi va avtomatika xizmati elektr sinov guruhida ishlab, nafaqaga chiqqan energetika faxriysi — Mirzohid Usmonov, 48-yil rele himoyasi va avtomatika xizmati yetakchi muhandisi bo‘lib ishlagan Svetlana Mixaylovna Kushnir, “Yuksak” podstansiyasida bir necha yil ishlab nafaqaga chiqqan Samigjon Mannopov hamda Hadicha Mannopova, podstansiya xizmati muhandisi lavozimida bir necha yil ishlab nafaqaga chiqqan Zuxra Umarova, xavfsizlik texnikasi va ishonchlilik guruhi yetakchi muhandisi lavozimida bir necha yil ishlab nafaqaga chiqqan Gulnora Jumanova xonadonlarida bo‘lib, faxriy energetiklar holidan xabar olindi.
Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan esdalik sovg‘alar hamda oziq-ovqat mahsulotlarini topshirildi.
Faxriy energetiklar yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi yo‘lida xizmat qilayotgan barcha vatandoshlarimizni bugungi sana bilan qutlab, energetika tizimi mutaxassislariga omad yor bo‘lishini tilashdi.
✍️ “Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari” filiali maʼmuriyati
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati