2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Korrupsiyaga qarshi kurashish
Energetika vazirligida “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonun mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan navbatdagi seminar boʻlib oʻtdi
  • 08.05.2025
  • 39

Joriy yil 8-may kuni Energetika vazirligi va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonuni mazmun-mohiyati va ahamiyatiga bagʻishlangan seminar tashkil etildi.

Videokonferens-aloqa shaklida o‘tkazilgan mazkur seminarda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi masʼul xodimi Oybek Abdug‘aniyev tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonuni mazmun-mohiyati hamda ahamiyati haqida batafsil maʼlumot berildi.

Shuningdek, yoqilg‘i-energetika tarmog‘i korxonalarida korrupsiyaga qarshi kurashish va manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini oldini olish, ularning kelib chiqish sabablari va ularni bartaraf etish bo‘yicha dolzarb masalalar yuzasidan tegishli tushuncha hamda ma’lumotlar berildi.

Seminarda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning Muvofiqlik tizimi komplayens xizmati boshlig‘i Alisher Raxmonov va bosh mutaxassisi Zokir Xakimov ishtirok etishdi.

Seminar davomida ishtirokchilarning savollariga mas’ullar tomonidan batafsil ma’lumotlar berildi.

Maʼlumot uchun: Oʻzbekiston Respublikasining “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonuni 2024-yil 5-iyunda qabul qilingan  va 2024-yil 6-dekabrdan boshlab kuchga kirgan.

https://lex.uz/docs/6952742

FacebookInstagramYouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati