O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 2018-yil 3-fevraldagi PF-5326-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, ichki turizmni jadal rivojlantirish, fuqarolarni mamlakatimizning madaniy-tarixiy merosi hamda tabiiy boyliklari bilan tanishtirish maqsadida, «O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!» ichki turizmni rivojlantirish dasturiga muvofiq «Samarqand magistral elektr tarmoqlari» filiali jamoasi joriy yilning 10–11-may kunlari Buxoro viloyatining G‘ijduvon shahri Abduxoliq G‘ijduvoniy ziyoratgohi, Buxoro shahrining Hazrat Bahouddin Naqshbandiy, Said Amir Mir Kulol ziyoratgohlari, Ark saroyi, Minorayi Kalon, Labi Hovuz ansambili, Nodir Debonbegi madrasasi, Ko’kaldosh madrasasi, Labi Hovuz masjidi, Sitorai Moxi Xosa saroylariga sayohat uyushtirishdi.
Yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlariga xizmat ko‘rsatuvchi 60 nafar samarqandlik energetiklar va oila aʼzolarining sayohat-ziyorat tadbiri filial kasaba uyushmasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirildi.
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati