2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
OAV va jamoatchilik bilan ishlash
uza.uz — Elektr tarmoqlari uchun zamonaviy yerlagich tizimlari taqdimoti o‘tkazildi
  • 12.05.2025
  • 7

Bugun “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatida yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari tayanch ustunlarining yerlagich tizimiga oid innovatsion ishlanmalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda jamiyat rahbariyati va mutaxassislari, loyiha institutlari hamda qurilish-montaj tashkilotlari vakillari, shuningdek, Sankt-Peterburg shahridan tashrif buyurgan “VOLT-SPB” kompaniyasi mutaxassislari ishtirok etdi.  

 

 

Taqdimotda “VOLT-SPB” kompaniyasi mutaxassislari yuqori qarshilik xossasiga ega bo‘lgan tuproq sharoiti uchun mo‘ljallangan zamonaviy yerlagich tizimlari bo‘yicha taqdimot o‘tkazdi.  

Jamiyat axborot xizmatiga ko‘ra, ushbu kompaniya chaqmoqdan himoya (yashinqaytargich) va yuqori samaradorlikka ega yerlash tizimlari bo‘yicha innovatsion ishlanmalarga ega bo‘lib, ularni tegishli tartibda patentlagan va xalqaro hamkorlikda keng qo‘llab kelmoqda.

 

 

Muloqot davomida yangi texnologiyalarning amaliyotdagi o‘rni, ishlab chiqarish va ekspluatatsiyadagi samaradorligi, shuningdek, ularni mahalliy sharoitlarga moslashtirish masalalari muhokama qilindi.  

Taqdimot yakunida ta’kidlanganidek, mazkur tadbir sohadagi axborot almashinuvini faollashtirish, hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va elektr tarmoqlari xavfsizligini zamonaviy talablar asosida ta’minlashda muhimdir.

 

N. Ziyodullayeva tayyorladi, O‘zA

Manba: https://uza.uz/oz/posts/elektr-tarmoqlari-uchun-zamonaviy-yerlagich-tizimlari-taqdimoti-otkazildi_718951

FacebookInstagramYouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati